Kulgu-shifo (2015-7)
– Do‘xtir, meni uyqusizlik qiynab yubordi.
– Shunaqami? Tashqi ko‘rinishingizdan sog‘lom odamga o‘xshaysiz. Sport bilan shug‘ullansangiz kerak-a?
– Bokschiman.
– Yaxshi. Uyqusizlikdan aziyat chekyapman, deng… Sanab ko‘rmadingizmi?
– Sanadim. To‘qqizga yetganda, o‘rnimdan sakrab turib ketyapman…
***
– Jim!.. – dedi o‘qituvchi. – Ovoz chiqarmay o‘tiringlar. Pashsha uchgani bilinsin!
Bolalar jim bo‘lib qolishdi. Nihoyat, o‘quvchilaridan biri chidab turolmay, gapirdi:
– Nimani kutyapsiz, ustoz? Qo‘yib yuboring pashshani!
***
Ota besh yoshli o‘g‘liga dedi:
– Ovqatni ko‘p-ko‘p yesang, katta yigit bo‘lasan.
O‘g‘li so‘radi:
– Dada, mashinamiz ham benzinni ko‘p ichsa, avtobus bo‘ladimi?
To‘plovchi: Fayzulla ABDULLAYEV