LAVASHLI LAZANYa

Bilasizmi, aziz mushtariylar, bugun sizlarga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan navbatdagi taomimiz o‘zining tez pisharligi va o‘zgacha ta’mi bilan xush yoqadi deb o‘ylaymiz.

Kerakli masalliqlar: lavash xamiri 3 dona, kolbasa 300 gramm, shampinon qo‘ziqorinlari 300 gramm, piyoz 2 dona, pomidor 3 ta, pishloq 50 gramm.

Tayyorlanishi: Piyozni qo‘ziqorin bilan mayda qilib to‘g‘rab, qovurib olamiz. Pomidorni halqa qilib to‘g‘raymiz, kolbasani yarim halqa shaklida to‘g‘rab, pishloqni qirg‘ichdan o‘tkazamiz.

Tayyor bo‘lgan masalliqlarni quyidagi ketma-ketlikda terib chiqamiz: lavash xamirini to‘rtburchak qilib kesib olamiz va kolbasa, qo‘ziqorin, pomidorni terib ustidan yana lavash xamirini yopamiz. So‘ngra qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloqni sepib chiqamiz. Qizigan gaz pechida 180 darajada 5-10 daqiqaga qo‘yib pishirib olamiz. Tayyor bo‘lgan “Lazanyani” dasturxonga tortishdan oldin o‘zingizning didingizga qarab bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Guli NOZ tayyorladi

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: