Hajr o‘lturdi meni…
Hajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha,
Do‘stlar, yordin ayrilmas edim o‘lguncha.
Zohido, do‘zax o‘tidin meni ne qo‘rqutasen,
Hajr o‘ti qoshida ko‘rmasmen ani uchquncha.
Ul quyosh mehrini bir zarra menga ko‘rguzmas,
Kavkabi ashk to‘kub bo‘lsam agar garduncha.
Husnda ortuq agar bo‘lsa yuzi Laylodin,
Men taqi bormen aning ishqida yuz Majnuncha.
Rindlar oldida hayvon suyini ko‘p o‘chasen,
Ey Xizr, bormu ekin ul su mayi gulguncha.
Boburo, she’ringa gar solsa quloq ul shohing,
Bo‘lg‘usidur so‘zingga qadr duru maknuncha.
Zahiriddin Muhammad Bobur