“OQ ROYAL” SALATI

Sizlarga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan navbatdagi salatimiz o‘zining antiqa ko‘rinishi va betakror ta’mi bilan alohida ajralib turadi. Ushbu salat bir zumda tayyor bo‘ladi. Buning uchun bizga quyidagi masalliqlar kerak:

500 gramm tovuq go‘shti, 300 gramm qo‘ziqorin, 100 gramm pishloq, 3-4 dona tuxum, 2 dona bodring, 2 dona sabzi, ozgina zaytun mevasi, mayonez, tuz va ko‘katlar zarur:

Tayyorlanishi: tovuq go‘shtini qaynatib olib, somoncha shaklida to‘g‘raymiz. So‘ngra qo‘ziqorinni xuddi shu shaklga keltirib, qizigan yog‘da qizarguncha qovurib olamiz. Bodring va tuxumni qirg‘ichdan o‘tkazamiz. Pishloqning yarmini to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida kesib, qolgan yarmini qirg‘ichdan chiqaramiz.

Tayyor bo‘lgan masalliqlarni royal shaklida likopchaga quyidagi tartibda joylashtiramiz: tovuq go‘shti, qovurilgan qo‘ziqorin, bodring, tuxum, oxirida qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq, (ushbu masalliqlarning har birini orasiga mayonez solinadi). Salat yuzini pishloq bo‘laklari, zaytun mevasi va sabzidan atirgul yasab bezatamiz.

Guli NOZ tayyorladi

Yana o‘qing:  O‘zidan asorati xavfli yoki glaukoma qanday dard?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: