“Biri erur marhamati volidayn”

Alisher NAVOIY

Biri erur marhamati volidayn,

Bilki, muning qilmog‘idur farzi ayn.

(Kishining muhim burchlaridan biri ota-onaning hurmatidir.)

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,

Bilki, bu naf’, o‘zungga ko‘prakdurur.

(Agar kishilarga foyda yetkazayotgan bo‘lsang, bilki, bundan o‘zingga foyda ko‘proqdir.)

Bu gulshan ichra yo‘qdur baqo guliga sabot,

Ajab saodat erur qolsa yaxshilik birla ot.

(Bu dunyoda mangu qolish mumkin emas, ammo yaxshi ot qoldirish ulug‘ saodatdir.)

Hunar ahli ani degilki bo‘lg‘ay,

O‘zini qilsa o‘z olinda ma’yub.

(O‘z kamchiliklarini sezib, o‘zini tanqid qiluvchilar dono kishilardir.)

Lutfu karam garchi erur dilpazir,

Qahru siyosat ham erur noguzir.

(Bolalarga mehribonlik, yumshoqlik yaxshi bo‘lsa ham, o‘rnida qattiqqo‘llik ham kerakli choradir.)

Donish tilayu, har sori gar ketgaysen,

Hifz aylamasang, varaq yig‘ib netgaysen,

Sa’y aylaki, hifzi ganjig‘a yetgaysen,

Yo‘q ulki, kutub sa’y ila jam etgaysen.

(Qayerga borma ilm o‘rganish payida bo‘l, lekin kitob yiqqandan ko‘ra, ilm ganjini xotirangga jo qilganing yaxshi, bas, kitob yig‘ish emas, yodingga saqlashga intil!)

Yana o‘qing:  Yoshlar ittifoqi yoshlarga suyanch bo‘la oladimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: