KITOB O‘QISHDA KO‘MAKLASHUVCHI QURILMA
Kimningdir yordamisiz mutolaa qila olish ko‘zi ojiz kishi uchun kutilmagan imkoniyat. “Finger Reader” qurilmasi orqali ana shu imkoniyatdan foydalanish mumkin.
Massachuset texnologiya instituti olimlari ko‘zi ojiz kishi ko‘rsatkich barmoqqa taqib, bosma matnlarni o‘qiy olishlari imkoniyatini beradigan audioqurilma ishlab chiqishdi. Mazkur qurilma foydalanuvchining barmog‘iga uzuk kabi taqiladi va matnni skaner qila oladigan kichik kamera bilan jihozlangan.
Hozir “FingerReader” qurilmasi hujjat, kitob, jurnal, gazeta, kompyuter ekranlaridan axborotni o‘qiy oladi. Sintezatsiyalashgan qurilma so‘zni ovoz chiqarib o‘qiydi, kitoblarni, restoran taomnomalarini va kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan barcha kerakli hujjatlarni tezlikda tarjima qila oladi. O‘qish uchun barmoqni matnga olib borishning o‘zi kifoya. Maxsus dastur barmoq harakatini kuzatib boradi, so‘zni taniydi va axborotni qayta ishlaydi.
Mutolaa qilayotgan kishi barmog‘i satrdan chiqib ketsa qurilma vibratsiya(shamolda titraganday kabi) yo‘li bilan uni ogohlantiradi. Qurilmani keng ko‘lamda ishlab chiqarishga tayyorgarlik boshlandi.