DIQQAT, TANLOV!

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari va Xalq ta’limi vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar, Bastakorlar uyushmalari, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularning ma’naviy barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladigan bolalar qo‘shiqlari, she’rlari va kuylarini yaratish bo‘yicha respublika ijodiy tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga yoshidan qat’i nazar, yurtimizda faoliyat yuritadigan bastakorlar, shoirlar, bolalar ijodiy jamoalari, musiqa va san’at maktablaridagi ijodkorlar taklif etiladi.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Hududiy bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hududiy bo‘limlari va O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tomonidan tashkil etilib, tanlovga ijodiy ishlar 2015 yil 20 yanvardan 25 martgacha qabul qilinadi. Nomzodlarni saralash 2015 yil 25 martdan 5 aprelgacha amalga oshiriladi.

Tanlovning respublika bosqichi Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish, ijodiy ishlarni qabul qilish 10 apreldan 20 aprelgacha, nomzodlarni saralash 20 apreldan 25 aprelgacha tashkil etiladi.

Tanlov quyidagi besh yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

– qo‘shiq uchun yaratilgan eng yaxshi she’r;

– qo‘shiq uchun yaratilgan eng yaxshi musiqa;

– eng yaxshi qo‘shiq ijrochiligi;

– eng yaxshi bolalar oromgohi madhiyasi;

– eng yaxshi hisob she’ri va mashq qo‘shig‘i.

Tanlov g‘oliblari 1 iyun – xalqaro Bolalarni himoya qilish kuni arafasida e’lon qilinadi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi – 239-17-37,

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi – 239-43-62,

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi –

227-08-31,

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi –

233-08-67,

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi –

256-87-57, 256-61-86.

Yana o‘qing:  NIKOH ShARTNOMASI mulkiy munosabatlarni tartibga soladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: