ANANASLI SALAT

Cizlarga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan navbatdagi salatimiz pazanda bekajonlarni befarq qoldirmaydi deb o‘ylayman. Ushbu antiqa salat nafaqat kattalarga, balki bolajonlarga ham yoqadi degan umiddamiz.

Masalliqlar: Buning uchun bizga issiq o‘lkalarda yetishtiriladigan subtorpik meva – ananas kerak bo‘ladi. Bu mevadan 500 gramm olamiz va unga 500 gramm qaynatilgan tovuq go‘shti hamda yog‘siz mayonez (ta’bga ko‘ra), uch-besh dona yong‘oq, yarimta limon, ta’bga ko‘ra tuz qo‘shamiz.

Tayyorlanishi: Qaynatilgan tovuq go‘shti va ananasni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab idishga solamiz. To‘g‘ralgan masalliqlarga yong‘oq mag‘zini maydalab solib, yarimta limon sharbatini ham qo‘shamiz. Tayyor bo‘lgan masalliqlarga tuz va mayonez qo‘shib aralashtiramiz. Salatni dasturxonga tortishdan oldin ta’bga ko‘ra har kim o‘z fantaziyasidan kelib chiqib bezatishi mumkin.

Guli NOZ tayyorladi.

Yana o‘qing:  Kariyes – tish kushandasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: