UCH KARRA JAHON CHEMPIONI

surxondaryolik Nozimbek bir yilning o‘zida shu nomga munosib bo‘ldi

Hech bir soha davlatni sportchalik dunyoga tanita olmaydi, – deya, Yurtboshimiz bejiz aytmaganlar. Ushbu fikrlar nechog‘li to‘g‘ri ekani bugun o‘z isbotini topib kelmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda sportga katta e’tibor qaratilib, qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda. Natijada ko‘pgina yoshlar davlatimiz bayrog‘ini jahon arenalarida baland ko‘tarmoqda. Ana shunday muzaffar yoshlardan biri Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida istiqomat qilayotgan Nozimbek Umarovdir.

Nozimbek Umarov 9 yoshida “Sho‘rchidon mahsulotlari” hissadorlik jamiyati qoshidagi sportning qo‘l jangi to‘garagiga qatnasha boshladi. Mashg‘ulotlarga qatnayotganiga 40 kun bo‘lgach, viloyat birinchiligini qo‘lga kiritdi. Bu uning ilk g‘alabasi edi.

Ikki yil o‘tib tumandagi tay-boks klubiga qatnay boshlagan Nozimbek sharq yakka kurashiga qiziqdi va shu sport turi sirlarini o‘rganishga kirishdi. Yosh sportchimiz tuman va viloyatda o‘z tengdoshlari orasida kombat-aykido bo‘yicha birinchilikni bermay kelmoqda. O‘tgan yili hamdo‘stlik davlatlari yoshlari o‘rtasida Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida ishtirok etib, 30 kilogramm vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida oltin medal sohibiga aylandi. 2014 yilning 16-19 may kunlari Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan karate bo‘yicha respublika chempionatida o‘zining chaqqonligi va mahoratini namoyon etib, barcha raqiblarini katta ustunlik bilan yengdi. So‘ngra Samarqand shahrida karate bo‘yicha o‘tkazilgan respublika musobaqasida keskin bellashuvlarda shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Nozimbekka Tailandga borish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritish oson kechmadi, albatta. O‘tgan yilning mart oyida tay-boks vatani Tailandda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 30 kilogrammlik ishtirokchilar bahsida g‘olib bo‘ldi. Yarim finalda 30 soniyada, finalda 20 soniyada raqibini nakaut holatiga keltirib, oltin medal bilan yurtimizga qaytdi.

2014 yilning 11-13 iyul kunlari AQSHning Florida shtati, Orlondo shahrida kombat-aykido sport turining layt-kontakt va full-kontakt yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etdi. 6 nafar raqibini yengib, 2 ta oltin medalga munosib deya topilgan Nozimbek ikkinchi bor jahon chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

U o‘z ustida tinmay ishlaydi. Sport bilan muntazam shug‘ullanishi natijasi o‘laroq, 9 karra O‘zbekiston chempioni, ikki bor jahon chempioni bo‘ldi. Ushbu nomga munosib ekanini isbotlash maqsadida 2014 yilning 30 oktyabridan 2 noyabriga qadar Italiya davlatida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga otlandi. Mazkur musobaqaning finalida angliyalik raqibidan ustunlikka erishgan Nozimbek Umarovning uchinchi bor jahon chempioni bo‘lganligi e’lon qilindi.

Yana o‘qing:  OLIMLAR PISHIRILGAN TUXUMNI AVVALGI HOLATIGA QAYTARISHDI

– Yurt sha’nini himoya qilib, O‘zbekiston nomidan ringga chiqishning o‘zi men uchun katta sharaf va faxr, – deydi Nozimbekning o‘zi bilan suhbatda.

Sayyora ALLAYEVA,

Surxondaryo viloyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: