ENDI TIRBANDLIKLAR KUZATILMAYDI
Namangan shahrida svetoforlarga muqobil energiya manbai – quyosh batareyali panellar o‘rnatish amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda qayta tiklanadigan, arzon, iqtisodiy jihatdan tejamkor va ekologiyaga salbiy ta’sir qilmaydigan muqobil energiya manbalaridan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada quyosh nuri yordamida hosil qilinadigan elektr quvvatidan foydalanish texnologiyalari joriy etilayotgani muhim ahamiyat kasb etayotir.
Namanganda yo‘l harakatini boshqarishning asosiy vositasi bo‘lgan svetoforlarni muqobil energiya manbai bilan ta’minlash borasidagi loyihaning amaliyotga tatbiq etilishi ham mazkur izlanishlar samarasidir.
Quyosh batareyali panellarning dastlabkisi viloyat markazining Navoiy va Bobur shohko‘chalari kesishgan chorrahalardagi svetoforlarga o‘rnatildi.
N.IKROMOV