YANGI BO‘LIM TASHKIL ETILDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida yangi tug‘ilgan bolalarning patologiyasi bo‘limi o‘z ishini boshladi.
Bo‘lim yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun zamonaviy kyuvezlar, maxsus “beybi term” stollari, o‘pkani sun’iy shamollatish “beybi lok” qurilmalari, elektr so‘rg‘ich va bolalarga reanimatsion yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Bu asbob-uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Germaniyaning “KSV” banki bilan qo‘shma loyiha doirasida yetkazib berilgan.
Yangi bo‘limning ochilishi oldidan uning ehtiyojlari uchun ajratilgan bino qayta ta’mirlandi va yana ikkita yangi bino qurildi.
G.AYMBETOVA