2014 YIL SARHISOBI

FIFA tomonidan Shveysariyaning Syurix shahrida futbol olamida 2014 yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi” sifatida JCH-2014da Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Yoaxim Lyov tan olindi.

FIFAning “Fair Play” sovrini JCH-2014 musobaqasini o‘tkazishda yordam bergan ko‘ngillilarga nasib etdi. G‘oliblarga jahon futboli yulduzlari dastxatlari tushirilgan Brazuca to‘plari topshirildi. Eslatib o‘tamiz, ikki yil ilgari O‘zbekiston “Fair Play” mukofotini qo‘lga kiritgan edi.

Xames Rodrigesning JCH-2014da Urugvay termasiga urgan goli “Yilning eng chiroyli goli” deya e’tirof etildi.

Tadbirning asosiy mukofoti bo‘lgan “Oltin to‘p” bu safar ham Krishtianu Ronalduga nasib etdi. U “Oltin to‘p”ni uchinchi bor qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari ayollar futboliga ham bir necha yo‘nalishlarda mukofotlar topshirildi. Ayollar orasida “Yilning eng yaxshi futbolchisi” mukofoti futbol bo‘yicha Germaniya ayollar terma jamoasi va “Volfsburg” klubi a’zosi Nadin Kisslerga nasib etgan bo‘lsa ayollar futbolidagi eng yaxshi murabbiy deb “Volfsburg” klubi ustozi Rolf Kellermann topildi.

Yana o‘qing:  Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: