YUNON-RUM KURASHI BO‘YICHA KUCHLILAR REYTINGI

Butunjahon kurash birlashmasi (United World Wrestling) rasmiy sayti 2014 yil uchun yunon-rum kurashi ustalarining reytingini e’lon qildi. Har bir vazn bo‘yicha eng kuchli 20 nafar sportchi nom keltirilgan atletlar orasida 3 nafar kurashchimizning nomi ham keltirib o‘tilgan.

Ular orasida eng yuqori natija 59 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz Elmurat Tasmuradovga tegishli bo‘lib turibdi. Jahon chempionatlarida ikki karra bronza medalini qo‘lga kiritgan kurashchimiz kuchli uchlikdan joy olgan.

71 kilogrammda Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibi bo‘lgan Dilshod Turdiyev to‘qqizinchi o‘rinda qayd etilgan. Shuningdek, 85 kilogramm vaznda Osiyo o‘yinlarining g‘olibi Rustam Assakalov jahon reytingining 8-pog‘onasida turibdi.

Yana o‘qing:  TOVUQLI RULET

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: