MARDLIK VA JASORAT DARSLARI

Yurtimizda Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining maxsus chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tizimda 2014 yil 15 dekabrdan – 2015 yil 15 yanvarga qadar “Harbiy vatanparvarlik” oyligi tashkil etildi. Joylarda 136 nafar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi targ‘ibotchilar tomonidan “Tinchlik uchun kurashmoq kerak” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.

Ta’lim muassasalarida “Ertalabki saflanish” hamda “Vatanimiz kelajagini qurishga barchamiz mas’ulmiz”, “Ajdodlar qahramonligi – yoshlarga ibrat” kabi mavzularda o‘tkazilgan “Tarbiyaviy soatlar”da “Milliy armiyamiz – g‘ururimiz, iftixorimiz”, “Mening armiyam – mening faxrim”, “Vatan himoyasi – muqaddas burch”, “Harbiy xizmat mardlik, chiniqish, toblanish maktabi”, “Ona yurtni mard o‘g‘lonlar qo‘riqlaydi”, “Armiyada xizmat – sharaflidir” kabi mavzularda kengroq tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va garnizonlar bilan hamkorlikda 111 ta harbiy qism va harbiy o‘quv muassasalariga 132 ming 58 nafar umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining ekskursiyalari tashkil qilindi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Qurolli kuchlar Davlat muzeyiga o‘quvchilarning tashriflari uyushtirildi.

“Harbiy vatanparvarlik” oyligi doirasida 14 yanvar kuni barcha ta’lim muassasalarida harbiylar, faxriylar, yozuvchi va shoirlar ishtirokida “Mardlik va jasorat” darslari hamda davra suhbatlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Yana o‘qing:  Barchasi bepul. Boliviyada yagona tibbiy tizim yo‘lga qo‘yilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: