IBRAT MAKTABI

O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida “Vatan – ulug‘, burchim muqaddas” mavzusida avlodlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat faxriylari, ofitserlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda inson sha’ni, qadr-qimmatini ulug‘lash jamiyatimizning barcha sohalarini modernizatsiya qilish va yangilash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlarning asosiy maqsadiga aylangani ta’kidlandi. Keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatilayotgani, yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga barcha shart-sharoit yaratilayotgani bu boradagi ishlarning amaliy tasdig‘idir.

Tadbirda urush va mehnat faxriylari o‘z hayot yo‘llari, istiqlol tufayli erishilayotgan ulkan yutuq va marralar, xalqimizning tinch, farovon hayotini avaylab-asrash zarurligi, Vatan himoyasi muqaddas burch ekani haqida so‘zladilar.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2015/3)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: