Mutaxassis maslahati (2012/46-47)

Ultratovush uskunasi tekshiruvidan (UTT) homilador ayol qachon o‘tgani ma’qul? Bu tibbiy uskunaning homilaga salbiy ta’siri bormi?

Zebo XUDOYNAZAROVA,

Qashqadaryo viloyati

 

Mutaxassis Muqaddas Qudratova:

Ultratovush uskunasi homilaga salbiy ta’sir etmaydi. Ko‘pchilik bu uskunaning nuri bor, o‘sha nur bolaga ta’sir etishi mumkin deb o‘ylashadi. Har narsada me’yor yaxshi. Faqat mutaxassis – shifokor tavsiyasi bilan UTT uskunasi tekshiruvidan o‘tishi shart. Bu uskuna o‘z nomi bilan ultratovushli to‘lqin orqali tashxis qo‘yadi. UTT uskunasidan qachon o‘tish kerak desak, bu homilador ayolning sog‘lig‘iga bog‘liq. Ginekolog homilador ayolning ahvolidan kelib chiqib UTTga tushishni tavsiya etsa, homilaning necha oylik ekanligining farqi yo‘q. Axir kasallikka shu orqali tashxis qo‘yiladi. Homilador ayol homilasi 12, 16, 28, 35-36-haftalikda tekshiruvdan o‘tishi lozim. Homilaning 12 haftasida bolaning ona qornida qanday joylashganini ko‘rsak, 16-haftasida qog‘onoq suvi, ya’ni homila atrofini o‘rab turadigan tiniq suyuqlikni tekshiramiz. 28-haftasida homilaning barcha a’zolari tekshiruvdan o‘tkaziladi. 35-36 haftaligida esa yana ona bir bor to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilib tug‘ruqqa tayyorlanadi.

Yana o‘qing:  Tabiiy immunitet manbai

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: