O‘QUVCHILAR QISHKI TA’TILDA NIMALAR BILAN BAND?

Joriy yilnnig 28 dekabridan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari qishki ta’tilga chiqishdi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ta’til kunlarida o‘quvchi-yoshlar uchun bolalar va o‘smirlar sport maktablarida sport seksiyalarining hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida to‘garaklarning to‘liq ishlashi ta’minlangan.

Shuningdek, respublikadagi barcha umumta’lim maktablariga o‘quvchilarning talab va istaklarini inobatga olgan holda xorijiy tillarni o‘rgatish, turli fanlardan to‘garaklar va sport mashg‘ulotlarini qishki ta’til vaqtlarida uzluksiz ishlashini ta’minlash vazifasi topshirilgan. Umumta’lim maktablaridagi barcha to‘garaklar bepul.

Qishki ta’til kunlarida “Bilimlar bellashuvi” hamda 5-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Umid nihollari” sport musobaqasining tuman (shahar) bosqichlari o‘tkaziladi.

Ta’lim muassasalarida “Yangi yil” bayramlari bilan bir qatorda turli xil ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda ijodiy ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida “Maroqlidir qishki ta’tilim” nomli bayram kayfiyatini beruvchi madaniy-ma’rifiy tadbirda “Qish ziynati liboslarda”, “Qishki ta’tildagi orzuim”, “Mening tasavvurimdagi Qorbobo va Qorqiz” nomlarida ijodiy ko‘rgazmalar tashkil etilayotgan bo‘lsa, chet tili o‘rgatilayotgan to‘garaklar a’zolari o‘rtasida “My interesting holiday” mavzuida so‘z o‘yinlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Axborot-resurs markazlarida o‘quvchilar o‘rtasida “Qishki ta’til kitobxoni” nominatsiyasi bo‘yicha ta’tilda eng ko‘p kitob mutolaa qilgan o‘quvchilar taqdirlanadilar. Resurs markazlarida she’r yozadigan ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida “Qish ziynatini madh etaman” mavzuida she’riy kechalar va tanlovlar tashkil etiladi.

Bir so‘z bilan aytganda 28 dekabrdan 12 yanvargacha bo‘lib o‘tadigan qishki ta’til vaqtida o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini maroqli o‘tkazadilar.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Yana o‘qing:  Atletlarimizning Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: