BAYRAM TUHFASI
Jizzax viloyati Paxtakor tumanining Buyuk ipak yo‘li qishloq fuqoralar yig‘ini hududidagi ikki qavatli bino kapital ta’mirlanib, madaniyat va aholi dam olish markaziga aylantirildi. Markazni kapital ta’mirlash uchun mahalliy byudjet hisobidan 567,1 million so‘mlik mablag‘ ajratildi.
Ushbu maskanda barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, foye, tomosha zali, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, milliy cholg‘u asboblari to‘garaklari, tasviriy san’at, amaliy san’at, raqs to‘garagi, tikuvchilik xonasi, kompyuter to‘garaklari muntazam faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Islom XUDOYQULOV