ANTIQA PECHENYE

Sizga tavsiya etmoqchi bo‘lgan nivbatdagi shirinligimiz juda ham mazali bo‘lib, bolalar uni sevib iste’mol qilishadi.

Xamiriga: 250-300 gr margarin, 1 stakan mayonez, 1 choy qoshiq yumshatgich (razri’xlitel), 3-4 stakan un va vanilin kerak bo‘ladi.

Ichiga solinadigan masalliq: 2 dona tuxum oqi, 1 stakan shakar, 1 stakan maydalangan yong‘oq mag‘zi, 0,25 stakan mayiz (mayda kesilgan).

Yuziga: 2 dona tuxum sarig‘i, 2 osh qoshiq kunjut urug‘i.

Margarinni qirg‘ichdan chiqarib unga aralashtirilib qo‘lda yengil uqalanadi. Mayonezga yumshatgich solinadi, unli qorishmaga qo‘shiladi va xamir qoriladi. So‘ng 15 daqiqa muzxonaga qo‘yiladi.

Pechenye ichiga solinadigan masalliq uchun tuxum oqi mikserda oz-ozdan shakar qo‘shib ko‘pirtiriladi. Jarayon tugagach yong‘oq, mayiz va vanilin solinib, qoshiqda aralashtiriladi. Tayyor xamir mayda zuvalachalarga bo‘linadi. Zuvalalardan birini olib un sepilgan stolga qo‘yib, juvada biroz yoyib olinadi va ichiga masalliq solinib, xamirning birinchi tomonini ikkinchi tomoni ustiga yopiladi. Chetlari chiroyli qilib tugib chiqiladi. So‘ngra gaz patnisiga joylanib,tuxum sarig‘i surtilib, kunjut sepiladi. Qizdirilgan gaz pechida 1800 S da usti chiroyli qizargunicha pishirib olinadi.

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Gul turlarini yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: