SARA DARSLIKLAR TANLOVI
Ma’lumki, mamlakatimizda “Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovi o‘tkazilishi an’anaga aylanib ulgurdi.
Joriy yil bo‘lib o‘tgan tanlovda 133 nomdagi o‘quv adabiyotlari qatnashib, ularning 103 tasi oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha, 25 tasi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va 5 tasini umumiy o‘rta ta’lim o‘quv adabiyotlari tashkil etdi.
“Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi – 2014” respublika tanlovi natijalariga ko‘ra, 54 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar hamda ularning mualliflari g‘olib deb topildi. Shulardan 16 nafari 1-o‘rin, 19 nafari 2-o‘rin va 19 nafari 3-o‘ringa munosib deb topildi.
G‘oliblar diplom va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Matluba ESHNAZAROVA