HURLIK RAMZI

Vatan… Ona misol bag‘ri issiq, tengsiz koshonam. Ne-ne alplar jonin fido etgan muqaddas tuproq. Madhiyang jarangida, samo uzra hilpirayotgan bayrog‘ingda, hurlik va tinchlik elchisi xumo qushing parvozida baxt quyoshing yana ham ravshanroq porlayveradi. Bag‘ring bog‘u bo‘ston, noming tillarda doston jannatmakon – O‘zbekistonsan.

Bayrog‘ingni boshi uzra baland ko‘tarib jahon arenasida ko‘z-ko‘z etayotgan Artur Taymazovning ko‘zlarida balqigan sevinch yoshlari barobarida yangragan sening madhiyang borliqni qamrab olib tamoshabinlarning gulduros qarsaklari ostida yana ham jozibali yangray boshladi. Nazarimda O‘zbekiston degan nom bor bo‘y-basti bilan sportsevar muxlislar ko‘z o‘ngida gavdalanadi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining ketma-ket qozongan g‘alabasi sening nomingni baralla yangratib bayrog‘ingni ko‘z-ko‘z etdi. Unda aks etgan moviy rang ko‘m-ko‘k osmon timsoli, oq rang oppoq tilaklar, yam-yashil qirlar tabiat go‘zalligi, hayot timsoli, yasharish-yangilanish ayyomi bahoroyni ifoda etadi. Oyu yulduzlar xuddi Mustahkam oila singari ko‘kdan bizga boqib turadi. Yulduzlarni sirli jilmayib ibo bilan boqishlarida go‘yo serqirralikka, ijodkorlikka chorlov mujassam. Men bayrog‘imizga boqqanimda o‘zgacha g‘urur va faxrni his qilaman. Mening chehram boshqa yurt farzandiga o‘xshashi mumkin ammo kimligimni, qay yurtdan ekanligimni bayrog‘imga qarab bu o‘zbek farzandi deya e’tirof etishlari muqarrar.

Koreya va O‘zbekiston hamkorligi asosida tashkil etilgan Koreys tili Markazi tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada II- o‘rinni egalladim hamda sertifikat bilan taqdirlandim. Ushbu tanlov boshlanishi oldidan qalbimni chulg‘agan hayajon hissi o‘ng tomonda turgan O‘zbekiston va chap tomonga qo‘yilgan Koreya bayroqlarini ko‘rgach yana ham alangalandi. Barcha ishtirokchilar shodlanib madhiyamizni kuyladik. Tanlovda so‘zga chiqqan Koreya hamjamiyatining o‘zbekistondagi vakili, yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlarni tilga olib, barchamizga o‘qish va ishlarimizda omad tiladi.

Davonlar yuksak cho‘qqilar sari chorlaydi. Istiqlol bergan buyuk saodat nurlari hamisha yo‘limizni yoritib turadi.

Ona tilimiz, o‘z madhiyamiz, jonajon bayrog‘imiz dunyo bo‘ylab o‘zbek degan nomni ulug‘lashimizda, ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishimizda hamisha madadkordir. Vatan nomini ulug‘lab kelayotgan nurli bayrog‘im, Jahon arenalarida yurtga munosib farzandlaring qo‘lida ko‘kka boqib mudom hilpirayvergin.

Ruxsora YORQULOVA,

S. Sirojiddinov nomidagi akademik litseyning II bosqich o‘quvchisi

Yana o‘qing:  “SALOMATLIK” LOYIHALARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: