OSETIN PIROGI

Sizga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan pirogimizni nafaqat kechki ovqat payti, balki uni ertalabgi nonushta uchun ham tayyorlasa bo‘ladi.

Zarur masalliqlar: 2 ta pirog uchun – 500 gramm un, 250 gramm qiyma, 1 stakan suv va pishgan gruch, 1 bosh piyoz, 2 osh qoshiq mayonez, shivit va ko‘k sarimsoqpiyoz, 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i va shakar, 1 choy qoshiq xamirturush, tuz, ziravorlar.

Tayyorlanishi: Iliq suvga tuz, shakar, o‘simlik yog‘i, xamirturush va un solib, yumshoq xamir qorib, ko‘tarilishi uchun issiq joyga qo‘ying. Xamir ko‘tarilgach, uni un bilan biroz bosib, yana iliq joyga qo‘ying. Pirogning qiymasini tayyorlash uchun pishirilgan guruchga qiyma va mayda to‘g‘ralgan piyoz, ta’bga ko‘ra tuz, ziravor, ko‘katlar va mayonez qo‘shing. Qiymani ikki qismga ajrating. Xamirni ham ikkita zuvalachaga bo‘ling. Bitta zuvalachani 2 sm. qalinlikda yoying. O‘rtasiga qiymani soling. Xamir chetlarini o‘rtaga yig‘ib, dumaloq somsa shaklida buking. Endi xamirni sekin yoyib, doira shakliga keltiring. Xamir o‘rtasini teshib qo‘yishni unutmang. 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa mobaynida usti qizarguncha pishirib, issiqligida ustiga 50 gramm saryog‘ surtib chiqing.

Yoqimli ishtaha!

Guli NOZ

Yana o‘qing:  Go‘zal sochlar siri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: