O‘ZIMIZNING CHEMPIONLAR
Braziliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik aka-uka Sindorovlar tajriba va mahorat bobida hech kimdan kam emasligini yana bir karra isbotladi.
Mazkur musobaqaning to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Javohir Sindorov braziliyalik Davi Silva Ferreyra, Pedro Karvalio, angliyalik Druva Bxagvat, Aditiya Paleri, Robert Akeya Prays, turkiyalik Ishik Jan, kolumbiyalik Daniel Fernando Vargas, perulik Diyego Floresni mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Islombek Sindorov esa yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U braziliyalik Piyetro Mendes, angliyalik Savin Dias, qozog‘istonlik Alim Tuguzboy, perulik Malpartida Bustamante, mo‘g‘ulistonlik Batdelger Odgerel, Shri-Lanka vakili Sashmita Kotuvella va rossiyalik Nikolay Solovyevni mag‘lubiyatga uchratdi. Hindistonlik Shax Dev bilan durang o‘ynadi.