ShIFOBAXSH MUSIQA
O‘z vaqtida to‘g‘ri tanlanib, tinglanadigan musiqa insonga shifobaxsh ta’sir qiladi. Ingliz tadqiqotchilari biroz dardli, lirik taronalar kishi ko‘nglini ko‘tarib, shirin xotiralarni uyg‘otadi, deyishmoqda. Yana depressiya (ruhiy tushkunlik) ni davolashda ijobiy samara berar ekan. So‘rovnomada ishtirok etgan 70 foiz ishtirokchilar o‘zlarini yomon his qilib, xastalanganlarida ularga lirik musiqalar tinglash tezroq tuzalishlariga yordam berganligini aytishmoqda.
Gulshirin