ChIMYON TOG‘LARIDAN TARALGAN SADO

Yosh avlodga Vatanimizning tarixiy, xalqimizning boy madaniy merosini o‘rgatish orqali ularning ma’naviy-axloqiy kamolotiga erishish, o‘quvchilarni vatanparvar, milliy va ma’naviy qadriyatlarimizga sodiq insonlar qilib tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sayyohlik yo‘nalishidagi to‘garak a’zolarining bilim, ko‘nikma va malakasini mustahkamlash, o‘zining qat’iy hayotiy e’tiqodi va qarashlariga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash maqsadida “Chimyon sadosi – 2012” festivalining respublika bosqichi 2012 yil 6-8 noyabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tdi.

Festivalning respublika bosqichi sayyohlik yurishi, kompleks sayyohlik ko‘nikmalari (chodirni o‘rnatish va yig‘ish, mo‘ljal olish, tabiiy to‘siqlardan o‘tish, ryukzakka buyumlarni joylash, gulxan yoqish, azimutni aniqlash, birinchi tez tibbiy yordam, mineral va o‘simliklar nomini aniqlash va boshqalar), “Sayyohlik qo‘shiqlari” va “448,9 ming kv. km” viktorinasi nominatsiyalari bo‘yicha sinovlar asosida tashkil etildi.

Festivalda “Barkamol avlod” markazlari tarkibidagi sayyohlik yo‘nalishidagi to‘garak a’zolaridan iborat 80 nafardan ziyodroq o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Festival doirasida bolalarning ijodiy ishlari hamda devoriy gazetalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

G‘olib jamoalar diplom va faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Shavkat BERDIYEV

Yana o‘qing:  Davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: