SOG‘LOM BOLA – OILA TAYANChI

Mamlakatimizda ayollar salomatligini mustahkamlash, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jismoniy, intellektual hamda ma’naviy jihatdan yetuk avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan islohotlar bugun o‘zining yuksak samarasini berayotir.

Kelajak avlodni bilimli, sog‘lom, jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishi borasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2014 yilning “Sog‘lom bola yili” deb nomlanishining o‘zi ham fikrimizning yorqin isbotidir

Jizzax viloyati Paxtakor tumani FHDYo bo‘limi qoshida tashkil etilgan “Yosh oila quruvchilar maktabi” yoshlarni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy bilimlari ko‘lamini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu yerda nikohlanuvchilarga oila sirlari, sog‘lom farzand tug‘ilishi va uning tarbiyasi, tibbiy madaniyatning ahamiyati kabi muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berib borilyapti.

Bo‘limimizda “Sog‘lom bola yili” davlat dasturi doirasida belgilab berilgan ezgu vazifalarning ijrosiga qaratilgan tadbirlar asosida bir qator ibratli ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 5 avgustdagi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ularda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlar, qizlarni erta turmushga uzatish, giyohvandlik, ichkilikbozlik kabi salbiy holatlarga qarshi kurashish haqida targ‘ibot ishlari olib borilyapti.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Paxtakor tumanida 379 ta nikoh qayd etildi. 712 nafar nikohlanuvchi shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Oila – muqaddas qo‘rg‘on. Zero, uning mustahkam va boqiy bo‘lishi har jihatdan o‘zimizga ham bog‘liq.

Matluba O‘RAZALIYEVA,

Jizzax viloyati, Paxtakor tumani FHDYo bo‘limi mudirasi

Yana o‘qing:  Qandli diabet: uning kelib chiqish sabablari, kasallik oqibatlari va profilaktikasi xususida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: