IJTIMOIY HAMKORLIK

Poytaxtimizning “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Bolalar uchun ijtimoiy hamkorlik: milliy va xalqaro tajribalar” mavzusidagi xalqaro forum o‘tkazildi. Bu forumda qator vazirlik va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdilar.

Xalqaro forum ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining senator va deputatlari, vazirlik, idoralarning, jamoatchilik hamda nodavlat tashkilotlarning vakillari, mahalliy, shuningdek, xorijiy ekspertlar, amaliyotchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Forum 1992 yil O‘zbekistonda ratifikatsiya qilingan BMT ning “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyat olib borayotganiga 10 yil to‘lishi munosabati bilan to‘plangan tajribalarni aks ettirishga bag‘ishlangan.

Forumning asosiy vazifasi, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy sheriklikning me’yoriy-huquqiy negizini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan, shuningdek, amaldagi qonunchilik va normativ aktlarga bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi xalqaro huquq me’yorlarini inobatga olgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishdan iborat.

Charos XUSHVAQTOVA,

Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda yagona o‘quvchi formasi joriy etiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: