KONSTITUTSIYa – YOSH MUSAVVIRLAR NIGOHIDA

Yoshlar ijod saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan “Vatan kelajagi sening qo‘lingda!” va “Men saylovga tayyorman!” shiori ostida rasmlar tanlovining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi targ‘ibot oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirliklari, Markaziy saylov komissiyasi, Badiiy akademiya vakillari, iqtidorli yoshlar, respublika targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirok etdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari F.Muhammadjonova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish, kelajagimiz vorislarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot oyligi bu boradagi ezgu ishlarning davomidir.

Davlatimiz rahbarining shu yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini yoshlar ongu shuuriga chuqurroq singdirish, joriy yilning 21 dekabr kunida bo‘ladigan saylovlar haqida yosh saylovchilarning xabardorligini oshirishdan iborat.

Tanlovda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, Respublika rassomlik kolleji, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktabi va qator ixtisoslashtirilgan san’at maktablarining iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etmoqda. Ular o‘z ijodiy ishlarida yurtimizda yoshlarni har tomonlama kamol toptirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyotining huquqiy kafolati”, “Bugungi o‘quvchi – ertaga saylovchi” kabi shiorlarning ma’no-mazmuni, joriy yilgi saylov jarayoni haqidagi bilim va tasavvurlarini aks ettirishga harakat qilmoqda.

Ijodiy ishlar shu yil 28 noyabr kuni o‘tkaziladigan rasmlar ko‘rgazmasida tanlov hay’ati tomonidan baholanadi. Eng sara ijod namunalari asosida targ‘ibot vositalari tayyorlash va ulardan oylik davomidagi tadbirlar jarayonida foydalanish ko‘zda tutilgan.

Dilshod KARIMOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Gijjalar yo‘qoladi, faqat...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: