LAVASH SOMSA
Mehmon kutish uchun taomnomaga somsani ham kiritib qo‘yganmisiz? Biz sizga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan somsa ham o‘zining antiqaligi bilan kutilajak mehmonlaringizni befarq qoldirmaydi. Nimasi bilan deysizmi? Unda marhamat!!!
Lavash somsa uchun kerakli masalliqlar:
3 dona lavash xamiri, 300-350 gr. tovuq to‘shi, 200 gr. brinza, 2-3 dona pomidor, ta’bga ko‘ra tuz, shivit va kashnich kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi:
Tovuq suvda qaynatib pishirib olinadi(40-50 daqiqa).Sovugan tovuq to‘shi pomidor, brinza kubik shaklda to‘g‘raladi. Ko‘katlarni ham mayda qilib to‘g‘rab, ta’bga ko‘ra tuz solib hamma masalliqlarni aralashtiramiz. Bitta lavash xamirini olib 6 bo‘lakka bo‘lamiz. Masalliqlarni solib bir chetidan quymoq kabi o‘raladi. So‘ngra qizib turgan tovada ikkala tomoni qizartirib qovuriladi.
Lavashli somsalarni tayyor dasturxonga tortib, oila a’zolaringiz va mehmonlarni xursand qilishingiz aniq. Yoqimli ishtaha!
Guli NOZ