IBN SINO IZDOSHLARI
Mamlakatimizda, ayniqsa, o‘quv muassalarida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi asosida keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizning Chilonzor tibbiyot kollejida tashkil etilgan “Ibn-Sino izdoshlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir shular jumlasidandir. Unda “Sog‘lom avlod” gazetasi loyiha rahbari, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ra’no Zaripova, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i, professor, tibbiyot fanlari doktori Egamberdi Eshboyev ushbu bilim maskani talaba va o‘qituvchilari bilan samimiy suhbatlashdilar.
Tadbirda tibbiyot sohasining tamal toshini qo‘ygan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino faoliyati, alloma tomonidan yaratilgan ilmiy asarlar mavzusi hamda uning zamondoshlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, o‘quvchilarga mamlakatimizning tibbiyot sohasida erishayotgan yutuqlari, istiqlol yillaridagi onalik va bolalik muhofazasidagi yuksalishlar va ularni jahon ahli tan olayotgani haqida so‘z yuritildi. Qolaversa, tadbir davomida Respublika ixtisoslashtirilgan dermotologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyati, “OITS kasalligi va uning alomatlari” xususida ham so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida mehmonlar o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
M.QURBONBOYEVA