Shifobaxsh na’matak
Na’matak (itburun) mevasi tarkibida S vitamini (askorbin kislotasi) limondan ko‘ra ko‘proq. Shuning uchun ham bu reza meva qon tomirlarini yaxshi mustahkamlaydi. R,V2,K,Ye vitaminlari mavjudligi ham na’matakni avitaminoz va gipovitaminoz kasalliklarini davolashda qo‘l keladi.
Uning antioksidant xususiyati saraton xastaliklarining oldini oladi. Fitonsid va bakteritsid xosiyatlari esa turli mikroblarga qiron keltiradi.
Immuniteti past bo‘lgan bemorlarga kuz va qish faslida itburunli choy tavsiya etiladi. Itburun tarkibida kalsiy hamda magniy tuzlari bor. Meva urug‘larida vitamin Ye mavjud. Na’matak mevalaridan damlangan damlama o‘pka sili, jigar, o‘t qopini yallig‘lanishi, ichak va buyrak kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, uning qaynatmasi isitma tushirishda ham yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari na’matak damlamasini quloq og‘riganda, shang‘illaganda tomizilsa yaxshi samara beradi. Tomoq chayilsa og‘riq tuzaladi.
Quritilgan na’matak mevasini sellofan xaltachada saqlamang. Uni qorong‘u va havo o‘tkazadigan joyga qo‘ying.Chunki, quyosh nuri ta’sirida uning tarkibidagi S vitamini parchalanib ketishi mumkin.