SAMARQAND ShAHRIGA SAYOHAT

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK bilan hamkorlikda poytaxtdagi “Mehribonlik uylari”ning 50 nafar tarbiyalanuvchisi uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etdi. Mazkur sayohat o‘quvchi-yoshlarni O‘zbekistonning qadimiy shaharlari tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uyushtirildi. Tadbir davomida bolajonlar ko‘hna shaharning diqqatga sazovor joylarida bo‘ldi. Qayd etib o‘tamiz, fond tashabbusi bilan yil boshidan buyon kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar farzandlari hamda “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarining Buxoro, Xiva, Marg‘ilon, Shahrisabz singari qator tarixiy shaharlarga sayohati tashkil etilib, ular yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  SIFATLI DORI VOSITALARI SALOMATLIK TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: