TASVIRLARGA MUHRLANGAN HAMKORLIK

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida O‘zbekiston va Xitoy rassomlari hamda fotoijodkorlarining ko‘rgazmasi ochildi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 22 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaning ochilishida turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, san’at namoyandalari va ixlosmandlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalar qatori madaniyat va san’at yo‘nalishlarida ham izchil taraqqiy etib bormoqda. Yurtimizda Xitoy rassomlarining badiiy va fotoko‘rgazmalarini o‘tkazish, Xitoyda esa O‘zbekiston san’ati yutuqlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar, konsertlar tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan.

O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi hamda Xitoy milliy rassomlik akademiyasining “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab ijodkorlik: O‘zbekistondagi izlanish” nomli qo‘shma loyihasi bo‘lgan ushbu ko‘rgazma mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy hamkorlikning yana bir ifodasi bo‘ldi. Ikki mamlakat ijodkorlari tomonidan yaratilgan bu asarlarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar rivoji, hamkorlikda turli jabhalarda erishilgan yutuqlar o‘z aksini topgan.

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlar, yorqin ranglarda aks ettirilgan turfa kompozitsiyalar san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirmoqda.

I.UMAROVA,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Yosh shaxmatchilarmiz jahon chempionatida 3 medal olishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: