VASIYLIK VA HOMIYLIK
Voyaga yetmaganlar manfaatlarini huquqiy muhofaza etish masalasi yurtimiz mustaqilligining ilk kunlaridanoq hukumatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimizda bolalar huquqiy holatini belgilash, himoya qilish va bola huquqlari kafolatlarining aniq mexanizmlari yaratilgan.
Vasiylik yoki homiylik ostidagi voyaga yetmagan shaxslarning yashash joyi deb qaysi manzil aytiladi? Vasiylik yoki homiylikning umuman bir-biridan farqi nimada? Bu huquqiy normalar qaysi qonunlarda belgilangan?
Dilbar SAIDOVA,
Samarqand shahri
Mamlakatimiz parlamenti 1992 yilning dekabrida BMTning “Bolalar huquqlari to‘g‘risida”gi konvenöiyasini ratifikaöiya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarida va qonunosti hujjatlarida bu masalaga oid huquqiy normalar belgilangan
“Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining birinchi bobi 3-moddasida voyaga yetmaganlar o‘rtasida (18 yoshga to‘lmagan shaxs) nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatning asosiy vazifalari, prinöiplari, axborot bilan ta’minlash, profilaktikada ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki aniqlashtirilgan.
“Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining uchinchi moddasida vasiylik va homiylikka ta’rif berilgan. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarni va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarni ularga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylashtirishning huquqiy shakli deb ta’kidlanadi. Homiylik esa xuddi shu huquqiy norma o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarning huquqlariga daxldordir. Shuningdek, sog‘ligining holatiga ko‘ra mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o‘z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga bu shaxslarning iltimosiga ko‘ra homiylik belgilanishi mumkin.
Voyaga yetmagan vasiylik yoki homiylik ostidagi shaxslarning yashash joyi sifatida ularning qonuniy vakillari: ota-onalari, farzandlikka olganlar va vasiylar yoki homiylarning yashash joyi hisoblanadi.
Jamila SOTIBOLDIYEVA,
Toshkent shahri Mirobod tumani 7-son notarial idora notariusi