BILIMDONLAR BELLASHUVI

Barkamol avlod tarbiyasi har bir jamiyatda ustuvor vazifa sanaladi. Ham ma’nan, ham jismonan sog‘lom farzandlari bor el esa hech qachon o‘z o‘rnini yo‘qotmaydi. Yurtimizda yoshlarning har tomonlama yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun ta’lim-tarbiya sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida kitobning o‘rni beqiyos. Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik liöeyida bo‘lib o‘tgan “Zukko kitobxon” tanlovi ham yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini oshirish, o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkillashtirildi.

Mazkur tanlovda liöey o‘quvchilaridan tarkib topgan “Mezon”, “Fikrat”, hamda “Tafakkur” jamoalari o‘zaro bellashdi. Tanlov zukko kitobxon ijodiy albomi, badiy asar tahlili, savol-javob, notiqlik mahoratidan iborat to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tdi. Tanlov davomida o‘quvchilarning kuchli zehn egasi ekanliklari, kitob bilan do‘st bo‘lganligi namoyon bo‘ldi. Ayniqsa, “Mezon” jamoasi vakili Tohirjon Akromovning Usmon Nosir qalamiga mansub “Nil va Rim” monologini mahorat bilan ijro etgani yig‘ilganlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Tadbir kutilgandanda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunida “Mezon” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblarga homiylar tomonidan kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Dildora MURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  POLVONLARIMIZ MUVAFFAQIYATI (2015-50)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: