TIL – MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI

Shayxontohur tumanidagi 115-sonli umumta’lim maktabida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 25 yilligi munosabati bilan “Qadri baland – Ona tilim” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qituvchi va murabbiylar, o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi. Mehmon sifatida “Sog‘lom avlod” gazetasining ijodiy jamoasi ham taklif etildi. Tadbirda iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan Vatan, do‘stlik, ona tilini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’riy chiqishlar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, maktabda tahsil olayotgan yosh ijodkor o‘g‘il-qizlarning mazkur sanaga atalgan ijodiy chiqishlari kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Ayni vaqtda o‘zbek tili bilan bir qatorda chet tillarda ham bemalol muloqot qilayotgan yoshlar tom ma’noda yurtimiz obro‘ e’tiborini dunyoga yoymoqda.

Toshkent Islom Universiteti qoshidagi Akademik litseyda ham ana shunday iqtidorli yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ta’lim dargohida bo‘lib o‘tgan “Til o‘rganib dunyo kezamiz” nomli tadbirda o‘quvchilar tomonidan turli tillarda yangragan she’ru qo‘shiqlar yig‘ilganlarni xushnud etdi. Ayniqsa, uchinchi bosqich o‘quvchilarining ustozlari Ra’no Telembayeva, Iroda Narimonova boshchiligida Charlz Dikkensning “Oliver Tvist” asarini multimediya texnologiyalari asosida namoyish etishi barchaga manzur bo‘ldi.

Poytaxtimizning Yakkasaroy tuman 135-umumta’lim maktabida “Til – ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusidagi ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mukambar Oripovaning ko‘rgazmali qurollar, multimediya vositalari, AKT va tarqatma materiallar asosida olib borgan ochiq darsida tilimizning boy va purma’no, ravon va mukammalligi, lug‘at boyligini ta’minlashda o‘z munosib hissasini qo‘shgan taniqli adabiyotshunos olimlar, mutafakkirlar haqida ma’lumot berdi.

Ochiq darsda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim va tarjimon Akrombek Alimbekov o‘zbek tilining naqadar boy va go‘zalligi, imkoniyatlari kengligi, shu bilan birga Ona tilimizni qadrlash va e’zozlash, ravonligini saqlash borasida o‘quvchilar bilan qiziqarli suhbat o‘tkazdi.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Yuksak ma’naviyatli yoshlar festivali

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: