Men sizdan shifo topdim…

2011 yilning kuz oylarida to‘satdan sog‘lig‘im yomonlashib qoldi. Shahrimizdagi turli xil shifoxonalarning nevrologiya bo‘limida davolandim. Bir so‘z bilan aytganda, dori-darmonlarga bog‘lanib qoldim. Tushkunlikka tushib yurgan kezlarim tanishlarimdan biri “Botanika” sihatgohini tavsiya qilib, aynan menga o‘xshagan bemorlar uchun ko‘plab muolajalar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilishini aytib qoldi. Vaqtni bekor o‘tkazmay, “Botanika” sihatgohiga bordim. Keliboq bu yerdagi davo muolajalaridan ko‘nglim yorishdi. Yana shuni mamnuniyat bilan ta’kidlashni istardimki, “Botanika” sihatgohi bosh shifokorining tashabbusi bilan sihatgohda madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi an’ana bo‘lib, men davolanayotgan paytim bu yerga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar – Lutfulla Sa’dullayev va Gulchehra Sa’dullayevalar tashrif buyurishdi.

Xasta ko‘ngillarga ma’naviy ozuqa hadya etib, ham ruhan, ham ma’nan, sog‘lig‘imiz yaxshilanishiga sababchi bo‘lgan el ardog‘idagi ushbu san’atkorlarga ham o‘z tashakkurimni bildiraman.

Eng muhimi, vrachlarning e’tibori har qanday tahsinga loyiq. Shu sababli sevimli gazetam orqali hamkasblarimga jumladan, “Botanika” sihatgohi bosh shifokori Mirabzal Yunusovga, bo‘lim boshlig‘i Xurshida Yunusovaga, nevropatolog Fotima Rahimboyeva, hamshira Elnoza Hakimova, uqalovchi hamshira Sharifa Yuldosheva, suv muolajasi hamshirasi Barno Tursunboyeva va davolash mashqlari hamshirasi Nilufarxon Qodirovaga va boshqa sihatgoh xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Sharafli va mas’uliyatli kasbingizda omad va muvaffaqiyatlar tilayman.

Lola SAGDULLAYEVA

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA – MILLAT TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: