RASHK ALSGEYMER KASALLIGIGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Geteborg universiteti olimlari olib borgan izlanishlari natijasida inson fe’l-atvori keksalik chog‘ida uning aqliy salohiyatiga ta’sir qiladi degan xulosaga kelishdi.
800 nafar ayollar ishtirokida olib borilgan ko‘p yillik tadqiqotlar davomida haddan ortiq rashk ularda Alsgeymer kasalligining rivojlanishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Aksincha anchayin bosiq bo‘lgan ayollarda bu holat ikki barobarga kamroq kuzatilgan.
Ayni tadqiqot erkaklarda o‘tkazilganda ham xuddi shu holat kuzatiladi, deydi Geteborg universiteti xodimi Lena Yoxanson. Shu paytgacha hech bir tadqiqot o‘rta yosh vaqtidagi yashash tarzi Alsgeymer kasalligiga olib kelishi haqida aniq ma’lumot keltirmagan.
Mutaxassislar ruhiy zo‘riqish (stress) shu bilan bir qatorda aqliy salohiyat bilan bog‘liq ko‘plab kasalliklarga sabab bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Shu sababdan asabni asragan holda faqat yaxshi narsalarni o‘ylashni maslahat berishmoqda.