Incheondan xushxabarlar

Xabaringiz bor Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. 20 sentyabrdan boshlangan musobaqalarda hamyurtlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Bugungacha yurtimiz vakillari umumjamoa hisobida 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Qisqacha Osiyo o‘yinlari kundaligiga to‘xtalib o‘tsak.

1-kun

Musobaqaning dastlabki kunlarida sportchilarimiz suzish va eshkak eshish bo‘yicha saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Tennis bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga chiqdi. Endi ular Janubiy Koreya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Og‘ir atletika bo‘yicha vazni 48 kilogrammgacha bo‘lgan xotin-qizlar musobaqasida hamyurtimiz Mahliyo Tog‘ayeva ajoyib natija ko‘rsatdi. Ikkikurash bo‘yicha 187 kilogramm natijaga erishib, delegatsiyamiz hisobiga dastlabki bronza medalni keltirdi.

Dzyudo bo‘yicha o‘tgan bellashuvlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Mirzohid Farmonov ham bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sportchilarimiz velosport, futbol, gandbol, o‘q otish, suzish, tennis va boshqa sport turlari bo‘yicha bahslarni davom ettirmoqda.

2-kun

O‘zbekistonlik dzyudochilar Ramziddin Saidov, Abdulla Tangriyev va Dilshod Choriyev XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana uchta medal qo‘shdi.

Dzyudo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Dilshod Choriyev 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi polvonlar o‘rtasida yuqori natijalar ko‘rsatdi. U Iordaniya vakili Ibrohim Xalafu, qozog‘istonlik Temur Bulat va mo‘g‘ulistonlik polvon Otkonbataar Lxagvasurenni mag‘lub etib, XVII yozgi Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Yana bir kurashchimiz Ramziddin Saidov vazni 100 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘ta og‘ir vazn toifasida gilamga chiqqan polvonimiz Abdulla Tangriyev ham Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U vazni 100 kilogrammdan og‘ir dzyudochilar bellashuvida singapurlik Xo Xan Bun, Qozog‘iston vakili Yerjon Shinkeev va qirg‘izistonlik Yuriy Krakovitski ustidan g‘alaba qozonib, bronza medali bilan taqdirlandi.

Endi dzyudochilarning jamoa bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik sportchilar XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida faol ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishmoqda.

3-kun

23 sentyabr kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi XVII yozgi Osiyo o‘yinlarining jamoaviy bellashuvlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jamoaviy bellashuvlarda o‘z vazn toifalarida Rishod Sobirov, Navro‘z Jo‘raqobilov, Sarvar Shomurodov, Yahyo Imomov, Dilshod Choriyev, Abdulla Tangriyev va Soyib Qurbonov terma jamoamiz sharafini himoya qildi.

Yana o‘qing:  Ustozi yaxshining ustami yaxshi

Saralash bosqichida dzyudochilarimiz Yaponiya terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. R.Sobirov, D.Choriyev va A.Tangriyev o‘z vazn toifasida raqiblaridan ustun keldi.

O‘zbekiston terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun Eron terma jamoasi bilan bellashdi. Mazkur bahsda dzyudochilarimiz mahoratini namoyish etib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dzyudochilarimizning mazkur g‘alabasi milliy terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini keltirdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz dzyudochilari XVII yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi. Musobaqa yakuniga ko‘ra ular hisobida bitta kumush va to‘rtta bronza medali bor.

4-kun

XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida tennis bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi jamoaviy bellashuvlarda uchinchi o‘rinni egalladi.

Terma jamoamiz tarkibida mashhur tennischilar Denis Istomin va Farrux Do‘stov ishtirok etdi.

Kecha o‘tkazilgan sport gimnastikasi musoboqalarining tayanchga tayanib sakrash bahslarida mahoratli sportchimiz Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: