Ajoyib sovg‘a

Chirchiq shahar XTMFMTE bo‘limi tasarrufidagi 11-umumta’lim

maktabida ustoz va murabbiylar

kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim maskanida joriy o‘quv yilida ma’naviy va ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ma’nan yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalash maqsadida ko‘plab ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabda bir qator tadbirlar, tanlovlar, davra suhbatlari o‘tkazib kelinyapti.

Ayni paytda muassasada 1015 nafar o‘quvchi-yosh ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 52 nafar oliy ma’lumotli pedagog saboq berib kelayapti. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, o‘quvchilar ushbu mashg‘ulotlarga jalb etilgan.

Maktab faoliyatini qamrab olgan bayram tadbiri o‘qituvchilar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Tadbir sinflarda ochiq dars shaklida davom etdi.

Muxtora MELIXONOVA,

Maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Yana o‘qing:  Moziyning bebaho merosi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: