Kollejdagi uchrashuv
Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Tim” qishloq xo‘jaligi va servis kasb-hunar kollejining Axborot-resurs markazida kitobxonlar bilan turli mavzularda qiziqarli tadbirlar o‘tkazib borish an’ana tusiga kirgan.
Yaqinda bu yerda nurobodlik yosh shoir G‘ayrat Xudoyorning “She’rimda yashayman” nomli ilk she’rlar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda bolalar shoiri Solijon Xudoyorov, Axborot-resurs markazi mudirasi Gulnora Almamatova va boshqalar shoir she’rlari haqidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Kitob taqdimoti ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
I.XUDOYQULOV