FAST – ijtimoiy birdamlik

Respublika bolalar kutubxonasining katta zalida Birlashgan Millatlar Tashkilotining giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha bosh boshqarmasining “Yoshlar o‘rtasida OITS/OIV va jinoyatchilik, hamda psixoaktiv moddalarni suiste’mol qilinishning oilaviy ko‘nikmalar o‘quv dasturlari orqali oldini olish” loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha 2013-2014 yillar davomida amalga oshirildi. Uni mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining tegishli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va soha mutaxassislaridan iborat madaniy moslashuv guruhi shakllantirildi. Mazkur guruh tomonidan milliy mentalitetimiz va mahalliy sharoit hisobga olingan holda umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun “Oila va maktab birgalikda – FAST” dasturining o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilib, o‘zbek va rus tillarida chop etildi.

Loyiha Toshkent shahridagi oltita tayanch ta’lim bazasida xalqaro murabbiy kuzatuvi ostida bo‘lib o‘tdi. Unda uch nafar milliy va 58 nafar tadqiqotchi murabbiylar tomonidan jami 400 ga yaqin ota-onalar va bolalar ishtirokida uch bosqichli tajriba sinovi o‘tkazildi.

Tadbirda xorijiy davlat elchilarining vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari, jamoat kengash a’zolari, deputatlar, loyihada ishtirok etayotgan xalqaro va milliy trenerlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari, diniy ishlar idorasi vakillari, shuningdek, oila markazlari ishtirok etishib loyiha xususida o‘zaro fikr almashdilar.

Ma’rifat TOLIPOVA

Yana o‘qing:  OTA-ONALIK zavqi va MAS’ULIYATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: