Stol tennisi: katta TURNIRLAR sari

Poytaxtimizda stol tennisi bo‘yicha paralimpiyachilar o‘rtasida

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi, stol tennisi federatsiyasi, Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 40 nafar o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida sport jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida ham tobora ommalashib borayotgani ta’kidlandi.

Musobaqaning o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarida Sardor Xudoyorbekov birinchi, Asad Bekmirzayev ikkinchi, Qilichbek O‘rolov uchinchi o‘rinni egalladi. Qizlar o‘rtasida Ozoda To‘raboyeva, Husnora Turopova va Mukarram Tursunova shohsupaga ko‘tarildi.

– Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish o‘z oldimga qo‘ygan asosiy maqsadlarimdan biri, – deydi turnir g‘olibi Sardor Xudoyorov. – Bugungi musobaqadan taassurotlarim bir olam. Bizlarga yaratib berilgan sharoitlardan oqilona foydalangan holda kelgusida paralimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lish uchun bor kuch va imkoniyatimni ishga solaman.

Musobaqa so‘nggida ishtirokchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Islohotlarning MUHIM TAMOYILI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: