Xabarlar, yangiliklar, voqealar (2012-45)

  • O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakolatxonasi tomonidan Monterey xalqaro tadqiqotlar instituti (Kaliforniya shtati, AQSH) bilan o‘zaro hamkorlikda “O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish bo‘yicha tashabbusi — mintaqaviy va global xavfsizlikning muhim omili” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

  • Toshkentda Hindiston Texnik hamkorlik dasturi (ITEC)ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning muhim yo‘nalishi bo‘lgan mazkur dasturning ahamiyati, bu boradagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama etildi.

  • Qo‘ng‘irot tumanining Qiyot qishlog‘ida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Natijada hududda yashovchi 1316 nafar aholi xonadoniga zilol suv kirib bordi. Bunyodkorlik ishlariga 354 million so‘m yo‘naltirilib, 6 kilometr masofaga quvurlar yotqizildi.

  • O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

  • Poytaxtimizdagi Turin politexnika universitetida “N-Com CA” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “Ishlab chiqarish korxonalarini energetik tekshirish va energiya tejashni boshqarish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  XALQ TABOBATI USULIDA DAVOLASH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: