JANUBIY KOREYADAN 22 MEDAL
Kendju shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida davom etayotgan Janubiy Koreya ochiq chempionatida dunyoning ellikka yaqin mamlakatidan 1500 nafardan ziyod sportchi kuch sinashmoqda.
“Pumse” bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan yakkalik bellashuvlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan jahon chempionati sovrindori Aleksandr Li birinchi o‘rinni egalladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi yakkama-yakka janglarda Bahrom Abdullayev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Yana bir oltin medalga qizlar musobaqasida g‘olib chiqqan Umida Abdullayeva sazovor bo‘ldi. Kattalar o‘rtasidagi “kyorugi” bahslarida Aleksandr Ni ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Janubiy Koreya ochiq chempionatida ishtirok etayotgan o‘zbek taekvondochilari yana 4 kumush va 14 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zA