Doimo hushyor, doimo ogoh

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayrami shodiyonalari yurtimiz bo‘ylab davom etmoqda. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida boshlangan yangi o‘quv yili doirasida o‘quvchilarga mustaqillik darslari o‘tilishi, mamlakatimizning qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mustaqillikning bebaho ne’mat ekanligi, vatan va vatanparvarlik tuyg‘ulari to‘g‘risida suhbatlar uyushtirilib, ma’ruzalar qilinmoqda.

Shu kabi dasturlar yuzasidan barcha tashkilotlarda bo‘lgani kabi ichki ishlar idoralari faoliyatida ham kursantlarga vatanparvarlik g‘oyasini yanada teranroq tushuntirish ularni ana shu g‘oya bo‘yicha tarbiyalash yuzasidan ko‘plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyaga ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot ishlarida, kursantlar orasida tashkil etiladigan davra suhbatlarida, ayniqsa, o‘qiladigan ma’ruzalarda alohida e’tibor berildi. Maqsad, kursantlarga ana shu hayotiy haqiqatni to‘g‘ri tushuntirib berishdan iborat.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 4,1 barobar, aholining yalpi real daromadlari jon boshiga 8,2 karra oshgani, keyingi 9 yil davomida mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelayotganini ta’kidlaymiz. Ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport sohalarida qo‘lga kiritgan yutuq va marralarimizning hayotiy omillarini ochib berishga intilyapmiz.

Bugun biz eng katta va bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik-osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek saqlash, millatlar va fuqarolar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, doimo hushyor va ogoh bo‘lib, tinchlik uchun kurashib yashash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini o‘z ma’ruzalarimizda ifoda qilyapmiz.

“Biz mustaqillik yillarida qanday og‘ir va mashaqqatli sinovlardan o‘tib, misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishgan bo‘lsak, ularning barchasi zamirida faqatgina xalqimizning fidoyi mehnati, chidamliligi, olijanobligi va bag‘rikengligi, matonati va jasorati, ertangi kunga mustahkam ishonchi mujassam ekanini teran aks ettirish zarur”ligi Prezidentimiz qarorida belgilab qo‘yilganligini barchamiz chuqur anglab, faoliyatimizda muhim vazifa sifatida amalga oshirilmoqda.

Darhaqiqat, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi ta’minlanayotgani mamlakatimizda demokratik islohotlarning har bir yangi qadami, har bir yangi qonun, Yurtboshimiz farmonlari va hukumat qarorlari insoniylik, odamlarga foydalilik nuqtai nazaridan amalga oshirildi. O‘tgan yigirma uch yil ichida xalqimiz Prezident Islom Karimov rahbarligida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Sobiq tuzum qoldirgan asoratlardan qutulib, demokratik jamiyat qurish borasida ulkan tajriba to‘pladi. Endilikda xalqimiz fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichiga o‘tgan va bor kuch-quvvati, bilimi, salohiyatini ilg‘or davlatlar qatoriga chiqib olishga sarflamoqda.

Yana o‘qing:  KOFE TISHLAR SALOMATLIGIGA IJOBIY TA’SIR KO‘RSATADI

Zero, mustaqillik erkin va obod, farovon yashashni, boshqalardan kam bo‘lmaslik tuyg‘usini dilimizga jo qildi. Ayonki, davlat mustaqilligi, Vatan ozodligi, odamlarning baxt-saodati, davlatning qudrati dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni bilan ham qadrlidir.

Rasul RAHMONOV,

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi katta o‘qituvchisi, podpolkovnik

Ulug‘bek OTAJONOV,

Akademiya 2-bosqich tinglovchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: