Til o‘rganib, DUNYo KEZAMIZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshkent Islom universiteti qoshidagi Akademik litseyda ham chet tillarni o‘rganish uchun o‘quvchilarga yetarlicha sharoitlar yaratilgan. Ana shu sharoitlardan unumli foydalanib ilm dargohimiz qoshida 1-5 sinf o‘quvchilari uchun ingliz tili to‘garagi tashkil etildi. Unga akademik litsey joylashgan mahalla hududida istiqomat qilayotgan bolalar, maktab o‘quvchilari jalb etildi.

To‘garak ishtirokchilarining bilim ko‘nikmasini mustahkamlash maqsadida muassasada “Til o‘rganib, dunyo kezamiz” nomli tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda o‘quvchilar yod olgan she’rlaru, qiziqarli maqollarini hamda boshqotirma sonlarni ingliz tilida hech bir qiynalmasdan aytib berishdi.

Shirin ASILOVA

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2014/8)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: