KOLLEJ BITIRUVCHILARI

ular mehnat daftarchalari bilan ta’minlandi

Joriy yilda respublikadagi 1 ming 34 ta kasb-hunar kollejlarini 495 ming nafardan ziyod o‘quvchi bitirgan. Ularning 243 ming 520 nafari qizlardir. Ana shu bitiruvchi qizlarni 126 dan ziyod korxona va tashkilotlarga biriktirilishi belgilab qo‘yilgan.

Darhaqiqat, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 2013-2014 o‘quv yilida respublikadagi akademik-litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashni tashkillashtirishga ko‘maklashish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borildi. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi hamda jamoatchilik va mas’ul tashkilotlar hamkorligida respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, shuningdek shaharlar va tumanlarda 1700 ga yaqin shtab tuzildi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Kamolot” YOIH, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa tashkilotlar vakillaridan tarkib topgan shtablarning ma’lumotiga ko‘ra 139ming 488 nafar qiz ishga joylashgan bo‘lsa-da, 52 ming 127 nafari ish bilan ta’minlanmagani aniqlandi.

Yaqinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ana shu masalalar muhokama etildi. Tadbirda Respublika va shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi aralashuvi bilan mehnat daftarchalari kechiktirilayotgan holatlar bo‘yicha Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga murojaatlar etilgani qayd etildi. Natijada “Certus TEXTIL” MCHJ, “Shokarim Madina Fayz” hamda “ADM Tekstil” MCHJlarga tikuvchi bo‘lib qabul qilingan, ammo mehnat daftarchalari ochilmagan qizlarga mehnat daftarchalari rasmiylashtirilgan. Shuningdek, tadbirda Toshkent shahridagi “Nafosat”, “Sarishta”, “Iffatli kelin”, “Mashhura”, “Mashriq mash’ali”, “Zukko” kabi 21 ta o‘quv markazlari rahbarlari ishtirokida poytaxt tumanlaridagi 400 nafarga yaqin bitiruvchi qizga mazkur o‘quv markazlarida imtiyozli saboq olish imkonini beruvchi sertifikatlar hamda qizlarning kasb-hunar o‘rganishini kafolatlagan o‘quv markazlari rahbarlariga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashakkurnomalari topshirildi.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Yana o‘qing:  Doimo hushyor, doimo ogoh

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: