O‘ZBEK POLVONLARI ShOHSUPADA

Ukrainaning Alushta shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda yuz nafarga yaqin sportchi o‘n vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqada gilamga chiqqan polvonimiz Javohir Mirahmedov final uchrashuvida ukrainalik Ablyalim Useinovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Yana bir kurashchimiz Abubakir Alimov esa finalda raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.

Qozog‘istonning Taraz shahrida erkin kurash bo‘yicha yuzdan ziyod sportchi ishtirokida o‘tkazilgan xalqaro turnirda umidli sportchimiz Nasibullo Qurbonov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Yana o‘qing:  ASTRONOMLARDAN “GIGAFOTO”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: