Mukofot muborak, Murod aka!

Mustaqilligimizning yigirma uch yillik shodiyonasi arafasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at, ma’naviyat va ma’rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalarda fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

Istiqlol sharofati bilan barcha sohalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, jahon xalqlarining tasannolariga sabab bo‘layotgan yutuqlarimiz zamirida xalqimizning fidokorona mehnatlari mujassam. Ana shunday jonkuyar insonlardan biri Buxoro viloyati Olot tumani Tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limida bolalar reanimatologi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Murod Abdullayev ham bayram arafasida II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

– O‘tayotgan har bir kunimiz g‘animat va har soniyasi oltinga teng, – deydi Murod Abdullayev. – Jannatmakon zaminda yashayotgan ekanmiz, uning yanada gullab-yashnashi, ravnaqi uchun har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz ham farz, ham qarzdir. Tibbiyot sohasini rivojlantirish uchun Yurtboshimiz zaruriy barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, soha xodimlariga – bizga ishonch bildirmoqda. “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanganim quvonchli bo‘lish bilan bir qatorda, zimmamga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Men bu ishonchni sidqidildan oqlashga harakat qilaman! Bu mukofot nafaqat mening yutug‘im, balki men bilan yelkama-elka faoliyat yuritayotgan butun jamoamiz yutug‘i deb bilaman.

Darhaqiqat, yurtimizning barcha tuman, qishloqlarida, shahar va ovullarida insonlar salomatligini ta’minlash maqsadida zamonaviy tibbiyot klinikalari barpo etilmoqda. Jahon talabiga javob beradigan jihozlar bilan ta’minlanib, zarur bo‘lgan barcha sharoitlar yaratilgan. Buning natijasida, aholi turmushi farovon, tug‘ilish soni yil sayin ortmoqda, bemorlar kamayib, turli xastaliklarning oldi olinyapti. Sohada jonbozlik ko‘rsatayotgan fidokorlar mehnati munosib taqdirlanmoqda. Bu mukofotlar haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sahifani Xurshida HUSENOVA tayyorladi

Yana o‘qing:  TARBIYACHI O‘YINCHOQLAR ota-onalarga yaqin ko‘makchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: